ILMIY TADQIQOT INSTITUTLARI

ILMIY TADQIQOT INSTITUTLARI — fan, texnika, i. ch. sohalarida ilmiy tadqiqot olib boradigan muassasa. Dastlab 19-a. oxiri 20-a. boshlarida vujudga kelgan. 1888. y. Parijda Paster in-ti, 1909-y. Radiy in-ti tashkil etilgan. 20-a. ning boshlaridan nazariy masalalar bilan birga texnika, q. x., sogʻliqni saklash boʻyicha muhim muammolar ustida tadqiqotlar olib boruvchi turli Ilmiy tadqiqot institutlari paydo buldi. 20-a. ning oʻrtalariga kelib Ilmiy tadqiqot institutlari koʻp mamlakatlarda ilmiy faoliyatni tashkil etishning asosiy shakli boʻlib qoldi. Oʻzbekistonda asosiy nazariy muammolar i. t. ishlarining muvofiklashtirish markazi — Oʻzbekiston Fanlar akade-miyasida tadqiq etiladi. Bilimning muayyan sohalarini tadqiq etuvchi va bevosita vazirliklar, davlat qoʻmitalariga buysunuvchi tarmoq Ilmiy tadqiqot institutlari lari ham mavjud. Oʻzbekistonda birinchi i. t. muassasasi — Toshkent astronomiya va fizika observatoriyasi (hoz. Astronomiya institutы) 1873-y. tashkil etilgan. 2000-y. Oʻzbekistonda 100 dan ortiq Ilmiy tadqiqot institutlari ishladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x