NEANDERTALLAR

NEANDERTALLAR — qad. qazilma odamlar, paleoantroplarning bir guruhi. Neandertallar skelet qoldiklari (bosh miya qutisi, qovurgʻalarning boʻlaklari, yelka hamda son suyaklari va b.). 1856-y. da Neandertal vodiysida (GFR ning Dyusseldorf sh. yaqinida; nomi shundan olingan), shuningdek, Osiyo, Oʻrta Osiyo (q. Teshiktosh odami) va Afrikada topilgan. Neandertallar boʻyi uncha baland boʻlmagan (160 sm ga yaqin), miyasi yirik (1700 sm3), lekin hozirgi odamlarnikiga nisbatan sodda tuzilgan, koʻzining ustida qalin boʻrtigʻi boʻlgan. Neandertallar bundan 200—35 ming yil avval — vyurm muzligi davrida Gʻarbiy Yevropada, odatda, gʻorlarda yashab, yirik hayvonlarni ovlashgan, qurollar yasashgan (Mustye madaniyati). Olov yoqishni va undan foydalanishni bilishgan, toʻda boʻlib yashashgan.

Ad.: Alekseyev V. P., Stanovleniye cheloveka, M., 1984.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x