NAPOLEON URUSHLARI

NAPOLEON URUSHLARI — Napoleon konsulligi (1790—1804) va imperatorligi (1804—14, 1815) davrida Fransiya olib borgan urushlar. Napoleon urushlari bosqinchilik xarakterida boʻlgan. Fransiya Napoleon harbiy diktaturasi oʻrnatilgan vaqtda (1799) 1789—99 y. larda tuzilgan 2-antifransuz koalitsiya (Rossiya, Buyuk Britaniya, Avstriya, Turkiya, Neapol qirolligi va b.) bilan urush holatida edi. 1800-y. Rossiya ittifoqchilar bilan kelisha olmay koalitsiyadan chiqqan. Natijada 2-koalitsiya rasman oʻz faoliyatini tugatgan. Faqat Buyuk Britaniya urushni davom ettirgan. 1805-y. 3-antifransuz koalitsiyasi (Buyuk Britaniya, Avstriya, Shvetsiya, Rossiya) tashkil topgan. Shu yili ingliz floti admiral Nelson rahbarligida birlashgan ispan-fransuz flotini tormor qilgan. Biroq Napoleon quruklikda katta muvaffaqiyatga erishgan. U Austerlis yaqinidagi jangda (1805-y. 2 dek.) Rossiya-Avstriya qoʻshinlarini ogʻir talafotga uchratdi. Avstriya Fransiya b-n sulh tuzishga majbur boʻlgan (1805-y. 26 dek.). Rossiya va Buyuk Britaniya, Prussiya bilan Shvetsiya qoʻshilib 4-antifransuz koalitsiyasi vujudga kelgan (1806-y. sent.). 1806-y. okt. da Prussiya fransuz qoʻshinlari tomonidan bosib olingan. 1807-y. iyunda Napoleon I Fridland ostonasida rus qoʻshinlarini yenggan. 1809-y. Buyuk Britaniya bilan yana ittifoq tuzgan (5-antifransuz koalitsiyasi) Avstriya qushinlarini tor-mor keltirgan. Napoleon imperiyasiga xal qiluvchi zarba Rossiyada berilgan. M. I. Kutuzov qoʻmondonligida rus armiyasining kurashi natijasida Napoleonning «Buyuk armiyasi» magʻlub boʻlgan. Rossiyadan chekinayotgan fransuzlarga qarshi Yevropa mamlakatlarida ozodlik urushi boshlanib ketgan. 1813-y. fev. da Prussiya Rossiya bilan ittifoqtuzgan. Bu ittifoq 6-antifransuz koalitsiya (Rossiya, Buyuk Britaniya, Prussiya, Shvetsiya, Avstriya va b.)ning tashkil topishiga asos boʻlgan. Shu yili Leypsig jangida Germaniya ozod qilindi. 1814-y. mart oxirida ittifoqchilar armiyasi Parijni ishgʻol qilgan. Aprelda Napoleon 1 taxtdan voz kechishga majbur boʻlgan (6 apr.) va u Elba o. ga surgun qilingan. 1815-y. 1-martda Napoleon I 1000 kishilik otryad bilan oroldan chiqib Parijga yurish qilgan va 20-martda qayta taxtga oʻtirgan. Lekin, Yevropa davlatlari uni tan olmaganlar. 25-martda Rossiya, Buyuk Britaniya, Avstriya, Prussiya oʻrtasida Napoleon Fransiyasiga qarshi ittifoq (7-anti-fransuz koalitsiyasi) tuzilgan. 18-iyunda Napoleon armiyasi Vaterloo jangida ingliz-pruss qoʻshinlari tomonidan tor-mor keltirilgan. 22-iyunda Napoleon taxtdan voz kechgan. 1815-y. 20 noyab. da ittifoqchilar b-n Fransiya oʻrtasida Parij sulh shartnomasi im-zolanib, unga koʻra Burbonlar hokimi-yati yana qayta tiklangan.

Shodmonqul Pirimqulov. HAPA — Yaponiyadagi shahar, Xonsyu o. ning jan. da. Nara prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 366,1 ming kishi (2000). Shahar-muzey, xalqaro ahamiyatdagi turizm markazi. Stanoksozlik, elektrotexnika, oziq-ovqat, yegʻochsozlik, trikotaj sanoati korxonalari mavjud. Badiiy buyumlar, yogʻoch oʻyinchoklar ishlab chiqariladi. Un-t, badiiy, milliy muzeylar bor. N. — Yaponiyaning qad. shaharlaridan. Mamlakatning 710—784-y. lardagi birinchi poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan (7—8-a. larga oid) yogʻochdan qurilgan monastir majmualari, ibodatxonalar va b. saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x