NAJDAK

NAJDAK (turkiycha) — mayda va yupqa donador kristallardan iborat togʻ jinsi. Boksitlarning metamorfizmga uchrashidan hosil boʻladi. Najdak tarkibidagi korund boshqa minerallar (magnetit, xlorit, gematit, kvars va moʻrt slyudalar va h. k.) bilan birikib ketgan. Tarkibida 60% gacha korund boʻlgan Najdak tabiiy abraziv materiallarga kiradi. Najdakning qattiqligi mineralogik shkala boʻyicha 7—8. Rangi qora, qoramtir kulrang, toʻqyashil. Najdak koʻpincha marmarlarda linza, shtok, uyum, tomirlar shaklida, baʼzan esa gabbro, norit, granitlarda va bu jinslar kontaktida ksenolitlar koʻrinishida mavjud. Oʻzbekistonda koʻp joylarda (Nurota togʻlari, Molguzar va b.) uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x