Windows 10’da tashqi saqlash qurilmalaridan foydalanishni cheklash
Foydalanuvchi USB-razyomiga yangi qurilmani ulaganida, Windows avtomatik ravishda uni aniqlaydi va mos keluvchi drayverni o‘rnatadi, shundan keyin qurilma darhol foydalanish uchun tayyor holatga keladi.
Bu juda qulay, biroq korporativ kompyuterlarda tashqi saqlash qurilmalarini ulashdagi ushbu qulaylik xavfsizlik va maxfiylikka nisbatan tahdid solishi mumkin.
Agarda sizda ShK’ga tashqi saqlash qurilmalarini ulash imkoniyatini cheklash zarurati bo‘sa, u holda WIN + R birikmasi yordamida “Выполнить” oynasini ekranga chaqirib, unga gpedit.msc buyrug‘ini kiritgan holda ENTER klavishini bosing, bu “Редактор локальной групповой политики” (Lokal guruh siyosati muharriri) oynasini ochish uchun xizmat qiladi.
Oynaning chapki panelida Конфигурация компьютера — Административные шаблоны — Система — Доступ к съёмным запоминающим устройствам yo‘nalishi bo‘ylab o‘ting. So‘nggi bo‘limda u yoki bu turdagi tashuvchi qurilmani bloklash imkonini beruvchi 20 ga yaqin siyosat mavjud.
Agarda barcha turdagi saqlash qurilmalarining ulanishini cheklash lozim bo‘lsa, u holda Съемные запоминающие устройства всех классов bandi ustiga sichqonchaning chap tugmasi bilan ikki marta bosib, ochilgan navbatdagi oynada Включено bandi tanlanadi.