NOSIROV

NOSIROV Abdulla (1899.6.12 – Toshkent — 1987) — bibliograf, xattot, manbashunos olim. Dastlab Koʻkaldosh madrasasida mudarris, keyinchalik xattot va shoir boʻlgan bobosi Sirojiddin Maxdum Sidqiy Xondayliqiy qoʻlida taxeil koʻrgan. 1922—40 y. larda Toshkent shahar va r-n kutubxonalarida, 1940-y. dan esahoz. Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasining sharq qoʻlyozmalari boʻlimida ishlagan. 1943-y. dan Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti ilmiy xodimi. N. Sharqshunoslik in-tidagi qoʻlyozma va bosma kitoblar boʻyicha Oʻrta Osiyo olimlari, shoirlari hamda oʻlka va shaharlar haqida bibliografik maʼlumotlar toʻplagan, ularga koʻrsatkichlar tuzib, mavzuiga koʻra, soxalarga taqsimlab chiqqan. Oʻrta Osiyo xalqlari madaniyati, tarixi va b. ga oid bir kancha ilmiy risolalar muallifi.

As: Oʻrta Osiyolik qirqolim (hamkorlikda), T., 1962; Ali Qushchi, T., 1964; Axmad Fargʻoniy (hamkorlikla), T., 1966; Alisher Navoiy qoʻlyozma asarlari katalogi (hamkorlikda), T., 1970.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x