ISKANDAROV Gʻoyibnazar Matmurodovich

ISKANDAROV Gʻoyibnazar Matmurodovich (1934.20.11, Toshhovuz — 1994.20.12, Toshkent) — aktyor, rej. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1981). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tining aktyorlik (1957) va rej. lik (1983) f-tlarini tugatgan. Hamza teatrida aktyor (1954 — 61), Oʻzbekiston televideniyesida aktyor va rej. (1961—77), Jizzax teatrining bosh rej. (1977—81), Jizzax filarmoniyasining direktori (1981 —87), Oʻzbekiston radiosida rej. (1988—94). Asosiy rollari: Moʻmin Mirzo («Alisher Navoiy»), Omon («Yangi yer»), Nizom («Hurriyat») va b. Rej. lik qilgan asarlari: «Jamila» (Ch. Aytmatov), «Shishali yurak» (L. Ustinov), «Beva-fo yakan» (A. Jamol, Gʻ. Iskandarov) kabi telespektakllar; «Zoʻraki tabib» (Molyer), «Oygul bilan Baxtiyor» (H. Olimjon), «Kelinlar qoʻzgʻoloni» (S. Ahmad) va b. spektakllar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x