Farhod va Shirin dostoni haqida insho

Farhod va Shirin murakkab rejali doston

Reja:

  1. Kirish
  2. Asosiy qism
    1. Dostonning hosil bo’lish tarixi
    2. Qahramonlar va obrazlar
    3. Farhod va Shirin dostoni mustaqillik yillarida
  3. Xulosa

A.Navoiyning  «Farhod  va  Shirin»  dostoni  jahon  klassik  adabiyotining muhabbat  bobida  yaratilgan  shoh  asarlaridan  biridir. Doston  ikki  beg`ubor yoshning  haroratli  sof  muhabbatini  kuylashga  bag`ishlangan  bo`lib,  unda odamiylik, insonparvarlik, tinchlik, do`stlik, obodonchilikka intilish kabi motivlar ana shu qudratli sevgi foxida yoritilgan.

 


1. «Farhod  va  Shirin»  asos  qilib  olingan  syujet  Sharq  adabiyotida  Navoiyga qadar ham mavjud edi. U dastlab afsona sifatida Sharq xalqlari tomonidan kuylab kelingan  bo`lsa,  keyinchalik  shoirlar  uchun  ilhom  manbaiga  aylandi.  «Xusrav  va Shirin»  nomi  bilan  Firdavsiy  «Shohnoma»sida  uchraydi.  Furdavsiydan  so`ng  bu mavzu Nizomiy Ganjaviy (1141-1202) tomonidan davr ruhiga moslashtirilib qayta qalamga  olindi.  Nizomiy  o`z  dostoniga  davrning  muhim  sotsial  masalalarini  asos qilib  oldi,  sevgi  va  muhabbat  bilan  bog`aiq  masalalarni  kiritib,  o`zining ilg`org`oyalarini  targ`ib  qildi.  Bu  hol  dostonning  muvaffaqiyatinigina  ta`minlab qolmay, Sharq adabiyoti dostonchiligida adabiy an`analarning keng rivoj topishiga ham sabab bo`ldi. Nizomiydan  keyin  Sharqning  buyuk  shoirlaridan  Xusrav  Dehlaviy  (1253- 1325)  ham  ana  shu  mavzuda  «Shirin  va  Xusrav»  dostonini  yaratib  «Xamsa» navislikning  keyingi  toraqqiyotiga  katta  hissa  qo`shdi.  Xusrav  Dehlaviy  o`z dostonida  Nizomiy  asarining  asosiy  syujeti  va  kompozitsion  qurilishini  saqlagan bo`lsa-da, ammo obrazlar talqini, tabiat tasviri masalalarida boshqacha yo`l tutgan. Shoir dostonida Nizomiy singari Shirin obrazini emas, balki Xusrav obrazini bosh o`ringa  quyib  tasvirlaydi.  Shuning  uchun  ham  turli  ijtimoiy  va  tariyxiy  sharoitda yaratilgan  bu  ikki  doston  o`z  davrining  badiiy  in`kosi  sifatida  jamiyat  hayotining muhim  masalalarini  aks  ettirgan.  Dostonlar  bir-birining  takrori  bo’lmay,  ikki mustaqil asar sifatida el o`rtasida katta shuhrat qozondi va barcha shoirlar uchun ilhom manbaiga aylandi. Alisher Navoiy ham ulug` ustozlarining adabiy an`anasini davom ettirib, o`z dostonini  yaratishga  kirishar ekan, avvalo  Sharq  xalqlarining  shu syujet bilan bog`liq yozma manbalarini chuqur o`rganadi, tariyxiy halq og`zaki ijodidan unumli foydalandi:

Agarchi nazm dilkash bo`lsa masmu`,
Aning afsonasi ham bo`lsa matbu`.
Butun jam` et nekin bo`lsa tavrix,
Boridin ista bu farxunda tarix.

(Agar  she`r  jozibali,  yoqimli  bulsin  desang,  unga  asos  bulgan  afsona  ham tabga  muvofiq  kelsin  desang,  avvalo  tariyxiy  manbalarning  hammasini  yig`ib to`pla va ulardan bu saodatli tarix ma`nosini qidir).

Shoir  ustozlarning  ijodlariga  katta  muhabbat,  samimiyat  bilan  qarab, ularning asarlariga yuqori baho berar ekan, ayrim nuqsonlarini ham aytib o`tadi. U salaflarining  o`z  dostonlari  uchun  zolim  engiltak,  ishqda  beqaror  Xusravni tanglaganliklariga tanqid ko`zi bilan qaraydi:

Rale chukkanlar ushbu jomdin roh,
Sarosar bo`ldilar Xusravga maddoh.
Ki mulki andoqu oyini mundoq,
Sinohi andoqu tamkini mundoq.

(Kim  bu  qadahdan  may  ichgan  bo`lsa,  mamlakati  undoq,  rasm-rusmlari mundoq, qo`shini undog`i hayboti mundoq, deya boshdin oyoq Xusrav maqtovini qildilar).

2. Farhod va Shirin” dostoni syujeti esa XII bobdan Chin xoqoninig farzandsizligi va shahzoda Farhodning “ yo‘qlik xonasidan borliq gulshaniga kelgani” ta’rifi bilan boshlangan. Alisher Navoiy “ Farhod va Shirin” dostoni uchun tanlagan syujetda Farhodning Chindan, Shirinning Armaniyadan bo‘lishi — ijodiy niyat ijrosi uchun eng maqbul variantdir. Negaki, dostonning o‘zagi bo‘lmish “Ishqiy- qahramonlik “ syujet chizig‘ining Chin — Armaniya orasida kechishi yozuvchiga o‘zini o‘ylatgan muammolar tadqiqi uchun zarur voqealarni asarga olib kirish imkonini yaratdi. Chin mamlakatining shohi o‘g‘il farzand ko‘rganligi uchun xalqqa ehson qilib,bir necha kun bayram qiladi.Xalq uch yil soliq to‘lashdan ozod qilinadi.Podsho farzandiga yaxshi ism qo‘moqchi bo‘ladi. Bolaning yuzida “farri shohiy” ,ya’ni shohlik nuri porlab turardi.Bu nur soyasi ostida esa himmat, iqbol hamda davlat o‘rin olgan edi.Shoh ”far” so‘ziga himmat,iqbol va davlat so‘zlarini bosh harflarini qo‘shgan edi, Farhod ismi hosil bo‘ldi. Chaqaloqni pokiza zotini ko‘rgan ishq ham unga Farhod ismini qo‘ygan va uni firoq, rashk, hajr, oh va dard so‘zlarini bosh harflarini tanlagan edi. Badiy asar syujeti badiiy shakilning eng muhim elementlaridan biri bo‘lib, asarda bir biriga uzviy bog‘liq holda kechadigan, qahramonlarning xati- harakatidan tarkib topuvchi voqealar tizimini anglatadi. Jumladan, Farhodning Iskandar ko‘zgu tilsimini yechishga ishtiyoqi, Yunon mamlakatiga lashkar tortib borishi, ajdarho va Ahiraman dev bilan jangi kabi voqealar asarga hech bir zo‘rakiliksiz, o‘quvchi xayolini band etgan Farhod-Shirin linyasiga uzviy bog‘langan holda olib kiradi va muhimi, ular shoirga vatanparvarlik, adolatparvarlik, xalqlar hamdo‘stligi muammolarini atroflicha badiiy tadqiq qilish, fikrlarni ifodalash imkonini yaratdi. Navoiy o‘zining «Farhod va Shirin» dostonidagi Farhodning Shiringa va Shirinning Farhodga yozgan maktublarida Nizomiy va Dehlaviy dostonidagi noma an’analarini davom ettirgan.“Farhod va Shirin” dostoni o‘zining tuzilishi, obrazlari, badiiy xususiyatlari jihatndan shu janrdagi yangi original asardir. Chunki Navoiyga qadar bunday xarakterdagi boshqa asarlar bo‘lmagan. Navoiyning asari oshiq va ma’shuqalarning o‘zaro sevgi-muhabbatlari mavzuidagi yozishmalari — nomalaridan tuzilgan o‘ziga xos g‘oyaviy-badiiy mundarijaga ega bo‘lgan asardir. Ishq mavzusida yozilgan dost

3. Mustaqillik yaratgan yangicha hayot va sharoitda yosh avlodlar o‘z o‘rnini topishi va yangicha zamon, asrlarida ifodalangan g‘oyalarni tushunib, hayotga tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Navoiy 1484 yilda “Farhod va Shirin” dostonini yozdi. Navoiy bu dostonda Farhod va Shirinning sarguzashtlarini talablariga javob beradigan tafakkur va salohiyatga ega bo‘lishlari uchun Alisher Navoiy ijodini o‘rganish hikoya qilishda o‘zining gumanizm, xalqparvarlik, xalqlar do‘stligi, vatanparvarlik, tinchlik, obodonchilik, mehnatsevarlik, ma’rifatparvarlik g‘oyalarini va ideallarini zo‘r badiiy san’atkorlik bilan ifodaladi. Farhod va Shirin obrazi “Xamsa”ning monumental obrazlari sifatida gavdalanadi. Dostonda XV asr hayotining qator real lavhalari tasvirlanadi va xalqning tinch-farovon hayotga, obodonchilikka bo‘lgan intilishlari ilgari suriladi. “Farhod va Shirin”ning keng tarqalib, xalqning sevimli dostoni bo‘lishiga sabab ham mana shunda. Asardagi tasavvufiy g‘oya, insoniylik mohiyati haqidagi qarashlar go‘zal badiiy libosda berilgan.Bu badiiylikni ta’minlagan muhim omillardan biri, dostondagi badiiy-tasviriy vositalardir. Adabiyotni ma’naviyat xazinasi deb ta’riflashadi. Darhaqiqat, uning bag‘rida hozirga qadar insoniyat ardoqlab kelayotgan eng tansiq hislar, latif tuyg‘ular – insonparvarlik, adolat, shafqat, o‘zaro hamjihatlik, do‘stlik mehr va muruvvat, sevgi va muhabbat, go‘zallikka tashnalik singari o‘lmas insoniy tuyg‘ular jamuljamdir.

Xulosa: xulosani o’zlariz yozib qo’yinglar

4.3 11 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x