Ozishda jismoniy mashqlarni o‘rni

Ozishda jismoniy mashqlarni o‘rni

Vazn yo‘qotishdagi muvaffaqiyatning 70 foizi to‘g‘ri ovqatlanishga bog‘liq bo‘lsa, 30 foizi jismoniy faoliyatga bog‘liq.

Dinamik yurish.
Buyuk Britaniyaning universiteti o‘tkazgan tadqiqotda ma’lum bo‘lishicha: atigi bir soatlik piyoda yurish ishtahani tartibga soluvchi ikkita gormonning miqdorini o‘zgartiradi:
• Grelin — ishtahani qo‘zg‘atuvchi gormon.
• «PYY” — to‘yish gormoni.

Bir soatlik ayerobik mashg‘ulotdan so‘ng qondagi «grelin» darajasi keskin pasayadi va «PYY» darajasi oshadi va birgalikda ishtahaning pasayishiga olib keladi!

Jismoniy mashqlar paytida faqat burun orqali nafas olish va og‘iz orqali nafas chiqarish muhimdir, bu yurak tezligini barqarorlashtiradi, qonni kislorod bilan to‘yintiradi.

Shunday qilib, hujayra oksidlanish rejimi — yog‘ oksidlanishiga o‘tadi. Mashg‘ulotning samaradorlik siri ularning muntazamligida!

Yugurish mashqi.
Yugurish, yurish kabi, maxsus simulyatorlar va sport zali talab qilmaydi. Biroq, bu bilan birga, bo‘g‘imlarga va umurtqa pog‘onasiga yukni oshiradi. Bundan tashqari, yurishdan farqli o‘laroq, u maxsus forma, poyabzal va yaxshi yo‘lakni talab qiladi.
Arqon bilan sakrash mashqi.
Eng yaxshi ayerobik mashqlardan biri.
10 daqiqalik sakrash ikki kilometrlik yugurish, 10 daqiqalik velosiped poygasi kabi effekt beradi. Arqon mashqlari sizga bel, yelkalar, qo‘l va qorin mushaklarini samarali ishlashga imkon beradi.

Quyida bir soatlik mashg‘ulotlarda qancha kaloriya (kkal) sarflanishi keltirilgan:
▪️yurish — 250
▪️poygada yurish — 416
▪️yugurish (8 km/soat) — 500
▪️kross yugurish — 600
▪️yugurish (16 km/soat) — 1170
▪️muntazam kuch mashqlari — 210
▪️intensiv kuch mashqlari — 420
▪️ayerobik fitnes mashg‘ulotlari — 500
▪️interval kardio mashg‘ulotlari — 600
▪️ aylanma trening — 500
▪️arqon bilan sakrash (intensiv) — 750
▪️suzish (0,4 km/soat) — 210
▪️suzish (2,4 km/soat) — 460
▪️futbol — 450
▪️velosipedda (9 km/soat) — 185
▪️velosiped (15 km/soat) — 320

@taomlanish_ilmi

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x