SUBSIDIYA ASOSIDA UY-JOYNI XOXLAGAN JOYDAN OLSA BO‘LADIMI.

SUBSIDIYA ASOSIDA UY-JOYNI XOXLAGAN JOYDAN OLSA BO‘LADIMI.

⚡️SAVOL;
Men asli Farg‘onalikman. Xozirgi kunda vaqtinchalik ro‘yxat bilan Toshkent shahrida yashayman. Men Toshkent shahridan subsidiya asosida 20 yil muddata uy-joy olsam bo‘ladimi ?

⚡️JAVOB;
Vazirlar Mahkamasining 182-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga asosan, subsidiya fuqarolarga ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyi bo‘lgan hudud doirasida ajratiladi deb ko‘rsatilgan.

✏️ Ya’ni, subsidiyalar asosan o‘zingiz doimiy propiskada turgan tuman va shahardan beriladi.

✅ Shuningdek Nizomda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlariga ajratilgan subsidiyalar ushbu hududdagi aholi tomonidan belgilangan taqsimot doirasida tuman yoki shahardan olishi mumkin deb ko‘rsatilgan.

✏️ Bu degani, masalan Siz chekkaroq tumanda turasiz lekin, o‘sha viloyatdagi markazroq shahardan subsidiya asosida uy olmoqchisiz. Anashunday holatda agar Siz uy olmoqchi bo‘lgan shaharga ajratilgan subsidiyalar soni o‘sha yerdagi aholiga va boshqa joydan kelgan talabgorlarga xam yetishi mumkin bo‘lsa, o‘shandagina Sizga xam shahardan uy-joy ajratilishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x