Sulili (ovsyankali) diyeta

Sulili (ovsyankali) diyeta

Organizmni toksinlardan tozalash uchun suli yormasi (ovsyanka) diyetasi.

Suli o‘zida ko‘plab vitaminlar (A, V1, V2, V5, V9, Ye, K) va mikroelementlar (mis, kaliy, kalsiy, natriy, magniy, temir, fosfor va x.k.) saqlaydi.
100 g suli — 303 kkal quvvatga ega.

Diyetani davomiyligi 7 kun, bu vaqt ichida 3-5 kg ortiqcha tana vaznidan xalos bo‘lish mumkin. Odatda, organizmni toksinlardan, oshqozon ichak tizimini ortiqcha chiqindilardan (shlak) tozalash uchun sulili diyeta qo‘llaniladi.

Ta’qiqlanadi: tuz, shakar (shularni o‘zida saqlovchi maxsulotlar xam), sous, ziravorlar, kartoshka, kofe.

Suv va choy mumkin (suv bir kunda 2 litrdan kam emas).
Suli yormasi bo‘tqasini (kashasi) iste’moli orasida barra meva va sabzavotlardan olcha, olma, qulupnay, pomidor, bodring, karam, sabzi iste’mol qilish mumkin.

Suli yormasi bo‘tqasini tayyorlash juda oson, kechga suli yormasiga qaynagan suv quyib qo‘yasiz, ertalabga tayyor bo‘ladi.
Lekin bu diyetada ichimlik ichish tartibi (rejimi) qattiqroq: ya’ni yegandan so‘ng kamida 1,5 soat o‘tib gazsiz suv, shakarsiz ko‘k choy yoki yog‘liligi 1% li qatiq ichish mumkin.

Bir kunlik taxminiy menyu:
07:00 — 200 g suli bo‘tqasi
09:00 — 0,5 l qatiq
10:00 — 200 g suli bo‘tqasi
11:30 — yashil olma 1 dona
13:00 — 200 g suli bo‘tqasi
14:00 — 100 g pomidor, bodring, sabzili salat
16:00 — 200 g suli bo‘tqasi
17:00 — 100 g sabzavotli salat
19:00 — 200 g suli bo‘tqasi

Eslatma: aynan suli yormasini o‘zini olib foydalaning, «Gerkules»ni emas. Chunki, suli yormasi termik ishlovdan o‘tmaydi, shu sababdan foydaliligi yuqori bo‘ladi.

Taomlanish ilmi (https://t.me/joinchat/UFtOc0gAG-8iTHN6)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x