Kesarcha kesishdan so‘ng tabiiy tug‘ruq xavflimi?

Kesarcha kesishdan so‘ng tabiiy tug‘ruq xavflimi? Mutaxassis javob beradi

🤰🏻Aksariyat ayollar kesarcha kesish amaliyotidan so‘ng tabiiy tug‘ruqning imkoni yo‘q, deb o‘ylaydi. Aslida bunday emas, dunyo tibbiyotida to‘plangan tajribaga ko‘ra, kesarcha kesishdan so‘ng tabiiy tug‘ruqning 60 dan 85 foizgacha me’yoriy ekanligini tasdiqlaydi.
👩‍⚕Kesarcha kesish va tabiiy tug‘ruq borasida homilador ayollarni xavotirga solayotgan savollarga mutaxassis shifokor akusher-ginekolog Natalya Kan javob beradi.
👇
Kesarcha kesishdan keyingi homiladorlik ikki yildan keyin bo‘lishi kerak
Haqiqatan ham kesarcha kesishdan keyingi homiladorlikka shoshmaslik tavsiya etiladi. Taxminan 2 yildan keyin farzand ko‘rish ona va bola uchun ham yaxshi. Ammo jarrohlik amaliyotidan 2 oy o‘tgach chandiq paydo bo‘ladi. Agar qisqa vaqt oralig‘ida homiladorlik kuzatilsa, ortiqcha xavotirning hojati yo‘q. Buning uchun shifokorga xabar berish va muntazam ravishda nazoratda bo‘lish kerak.

Kesarcha kesish chandig‘i cho‘zilmaydi, shuning uchun qayta homiladorlik har doim xavf tug‘diradi
❗️Kesarcha kesishdan keyin bachadonda chandiq paydo bo‘lganda, kesma joyida silliq mushak tolalari paydo bo‘lishi mumkin va keyinchalik organning kengayishi zarar ko‘rmaydi. Ammo biriktiruvchi to‘qima chandig‘i ham paydo bo‘lsa, u yaxshi cho‘zilmaydi va bu holda shifokorlar bachadondagi chandiq yetishmovchiligi haqida ma’lum qiladi. Umuman olganda shifokor homiladorlik va tug‘ish haqida ko‘proq ma’lumotga ega va kelajakdagi tug‘ruq haqida ham aniqroq biladi. Mutaxassis uchun kesarcha kesish qancha vaqtda qilinganligi, tiklanish jarayoni qanday o‘tganligi, qanday dorilarni qabul qilinishi juda muhim. Agar iloji bo‘lsa, homiladorlik davrini ayolning kasallik tarixini yaxshi biladigan hamda bitta shifokor bilan kuzatish yaxshiroqdir.
Kesarcha kesishdan so‘ng tabiiy tug‘ish me’yordagi tug‘ruqdan farq qilmaydi
Agar kesarcha kesishni boshidan o‘tkazgan ayol tabiiy tug‘ruqni amalga oshirmoqchi bo‘lsa, tabiiy jarayonni kutishi kerak. Hozirda shifoxonalarda oldindan yotish imkoniyati mavjud. Bo‘lajak ona hech qanday muolajalarsiz kasalxonada bo‘lishi va tug‘ruq kunini shifokor nazoratida kutishi mumkin.
☝️Agar ayolda kesarcha kesishdan so‘ng chandiq xavf tug‘dirmasa, tabiiy tug‘ruqqa hech narsa to‘siq bo‘lmaydi
Kesarcha kesishdan keyin ayolning tabiiy tug‘rug‘i hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shuni yodda tutish kerakki, tabiiy tug‘ruqda avval kesarcha yuz bermagan bo‘lsa ham, bir qator muammolar mavjud. Ya’ni homilaning ko‘ndalang yoki qiyshiq holati va boshqa qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Qarama-qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasa, tug‘ruq tabiiy yo‘l orqali amalga oshiriladi. Agar asoratlar yuzaga kelsa, tug‘ruq usulini o‘z vaqtida hal qilish kerak.
Agar ayolda tabiiy tug‘ruq imkoniyati bo‘lsa, lekin ayol kesarcha kesishni xohlasa, operatsiya qilinadi
Bu holat hattoki urfga aylanib bormoqda. Ayrim mamlakatlarda kesarcha kesish faqatgina tibbiy sabablarga ko‘ra amalga oshiriladi. Nisbatan ko‘rsatmalar mavjud bo‘lganda, shifokorlar bemor bilan barcha tafsilotlarni muhokama qiladi va mumkin bo‘lgan oqibatlarni juda ehtiyotkorlik bilan ko‘rib chiqadi. Bunda ona, bola va kelajakdagi homiladorlik uchun har tomonlama o‘ylab chiqiladi. Shundan so‘ng qaror qabul qilinadi.
Kesarcha kesishdan keyin juda uzoq va og‘riqli reabilitatsiya mavjud
Kesarcha kesishdan qo‘rqishning keragi yo‘q. Bugungi kunda operatsiyalar shu tarzda amalga oshiriladiki, 3-4 kun ichida ona va bola tug‘ruqxonadan chiqarilishi mumkin va tiklanish jarayoni 10 yil avvalgiga qaraganda terzroq va osonroq kechadi.

Manba© @HOMILADORLIK_DAVRI

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x