AFROSIYOB

AFROSIYOB — mifologik obraz. 1) Avestoda Frangxrasyan deb atalgan. Avestoda Afrosiyob shohlik ilohiy martabasi — farn (xvarno)ni qoʻlga kiritish uchun mifologik Vorukasha dengizi tubiga tushishga ahd qiladi va bunda Anaxitadan yordam soʻraydi. Lekin u bu iltimosni rad etadi. Frangxrasyan ust-boshini yechib dengiz tubiga 3-marta shoʻngʻiydi, ammo harakati zoye ketadi. Avestoda u samarasiz harakat qilayotgan afsonaviy obraz sifatida namoyon boʻladi. Bu mavzu Avestodan «Shohnoma»ga ham oʻtgan. Lekin Afrosiyobning Eron podshohlari bilan jangga kirishuvi — yaʼni Eron bilan Turonning mifologik raqobati gʻoyasi Avestoda yoʻq. Afrosiyobni Eron shohlarining dushmani qilib koʻrsatish gʻoyasi yozma adabiyotga birinchi boʻlib Firdavsiy «Shohnomasi» orqali kirgan. U Faridun (Traetaona)ning Tur ismli oʻgʻlidan tarqalgan shajaraga mansub. Otasining ismi — Pashang. Bu talqinda Firdavsiy zamoni uchun muhim boʻlgan turk davlatchiligi va eroniy davlatlar oʻrtasida tarixiy yuzma-yuz turish — harbiy-siyosiy muxoliflik oʻz aksini topgan. Shu bilan Afrosiyobning ilohiy oliy baxt, hokimiyat ramzi — farn ilinjidagi mifologik shaxs qiyofasi tarixiylik kasb etgan. Mifologik tasavvurdan oʻsib chiqqan adabiy anʼana, yaʼni Afrosiyob Turon podshohi degan tushuncha tufayli xalq orasida Samarqandning qadimiy qoʻrgʻoni, Toshkentdagi Mingoʻrik xarobalari, Buxorodagi Romitan qoʻrgʻoni kabi yodgorliklarni uning nomi bilan bogʻlash hanuz saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x