BURIGIN Vadim Anatolyevich

BURIGIN Vadim Anatolyevich (1910.9.5, Olmaota — 1985, Toshkent) — botanik, ekolog, oʻtloqshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964), biol. fanlari d-ri (1953), prof. (1956). Oʻzbekiston q. x. vazirligi lubkorlik tajriba styasida direktor oʻrinbosari va direktor (1933—39), Oʻzbekiston FA Botanika in-tida boʻlim mudiri (1945—56), Toshkent qishloq xoʻjaligi in-ti botanika kafedrasi mudiri (1956-y. dan). Urush qatnashchisi. Burigin gʻoʻza, kanop va b. tolali oʻsimliklarning yovvoyi turlari ekologiyasi, Oʻzbekistondagi choʻl va adirlarni unumdor qilish, yemxashak bazasini koʻpaytirish sohasida tadqiqot olib borgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x