Steyblkoin nima va nima uchun kerak

Steyblkoin nima va nima uchun kerak

Kriptovalyutalar kursi juda yuqori tebranishlar xususiyatiga ega. Masalan, bitkoin kursining o’zgaruvchanligi oltin, birjalardagi indeks fondlari va boshqa moliyaviy aktivlarning kursi o’zgarishidan yuqori darajada turadi. Bu kriptovalyutalarning ommaviy qo’llanilishini keskin cheklaydi. Kriptovalyutalar kursini oz bo’lsa-da tartibga solish uchun ularni iqtisodda uzoq vaqtdan beri o’rnatilgan aktivlar qiymatiga bog’lashga qaror qilindi.

Shundan, kriptovalyutalar neft, qimmatbaho metallar va hatto oddiy pullar bilan bog’lana boshlandi. Jismoniy aktivlarga bog’langan kriptovalyutalar kamroq o’zgaruvchanlikni ko’rsatadi, shuning uchun ular stabil, keyin esa steyblkoinlar (ingliz. «stablecoin») deb atala boshlandi.

Bugungi kunda mashhur steyblkoinlar

• Tether — 2014 yilda yaratilgan eski kriptovalyuta bo’lib, rivojlanayotgan kripto bozori va barqaror valyutalarni birlashtirish uchun yaratilgan. U fiat pullar tomonidan qo’llab-quvvatlanadi, ularning xavfsizligi uchun Gonkongdagi bank javobgardir.

• Tiberius — moliyaviy aktivlarni boshqaradigan Shveytsariya kompaniyasi tomonidan chiqarilgan steyblkoin. Kursi yettita qimmatbaho metallarning narxiga bog’langan.

• TrueUSD — bu AQSh dollari qiymatiga bog’langan steyblkoin. Ethereum asosida amerikalik dasturchilar tomonidan yaratilgan.

• Binance USD (BUSD) — Yana bir AQSh dollariga 1:1 nisbatda bog’langan steyblkoin. Nyu-York Davlat Moliyaviy Xizmatlar Departamenti (NYDFS) tomonidan tasdiqlangan va tartibga solingan, Binance (Paxos bilan hamkorlikda) tomonidan ishlab chiqarilgan.

Vikipediya hamda vc.ru ma’lumotlaridan foydalanildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x