BOLALAR UCHUN ISITMA TUSHURUVCHI PREPARATLAR

BOLALAR UCHUN ISITMA TUSHURUVCHI PREPARATLAR

Bolalar uchun isitma tushuruvchi vositalar quyidagi talablarga javob berishi shart:

1⃣  Dozalash oson bo‘lishi zarur. Siroplar va tabletkalar bu shartlarga mos keladi.

2⃣ Tez ta’sir ko‘rsatishi shart. O‘rtacha yarim soat ichida isitmani tushirishi kerak.

3⃣ Ma’zasi yoqimli va nohush hidsiz bo‘lishi shart. Bola ichishdan bosh tortmasligi uchun.

Juda injiq bolalarga va ko‘ngil aynishi jarayonida shamcha(svecha) shaklidan foydalanish qulay. Bu holatda ta’sir qiluvchi modda qonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘rilishi va ta’sirni tez namoyon bo‘lish havfini hisobga olish zarur.
Siroplarni tanlash jarayonida bo‘lsa, shakar va turli qo‘shimcha bo‘yoqlarning nojo‘ya ta’sirlarini yoddan chiqarmaslik kerak.

Tavsiya etiladigan preparatlar:

1⃣ Parasetamol tarkibli preparatlar-Panadol, Sefekon, Efferalgan.

2⃣ Ibuprofen tarkibli preparatlar-Nurofen, Ibufen-D, Sinepar…

UNUTMANG.!

Hozirda shamcha(svecha) shaklida chiqarilayotgan preparatlar dozalangan holatda va maьlum yosh intervalida chiqariladi.

Misol uchun: Sefekon shamchasi 100 mg miqdori 3 oylikdan-3 yoshgacha bolalarda qo‘llash uchun tarzida chiqariladi.

Yoki parasetamol tabletkasini ko‘p mutahasislar 200 mg miqdoridagisini «detskiy doza» hisoblashib, butunicha(3 yoshdan-12 yoshgacha) yoki bo‘lib(1/4 qismini 3 oylikkacha, 1/2 qismini 3 oylikdan-3 yoshgacha) berishadi.
Bu optimal yechim emas, eng optimal yechim dozani bola og‘irligiga qarab hisoblashdir.

Parasetamolning eng optimal dozasi 1 kg massaga 15mg , qabul qilish orasi 4 soatdan kam bo‘lmagan vaqtda va sutkalik doza 1 kg massaga 60 mg dan ko‘p bo‘lmagan tarzda belgilangan.

Ibuprofenning optimal dozasi 1 kg massaga 10 mg miqdorida sutkada 3 martagacha(30 mg dan ko‘p bo‘lmagan)tarzda qabul qilinishi beligilangan.

❌ 12 yoshgacha asetilsalisil kislota(aspirin)dan foydalanish taqiqlanadi.

Manba. (https://t.me/phb_uz/96)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x