Nima uchun terimiz ko’karadi.?
🤷♂ Zarbada yoki shikastlanganda mayda qon tomirlari — kapillyarlar shikast yeydi. Ulardan qon oqadi va teri ostidagi yumshoq to’qimalarga tarqaladi.
🩸 Qonda gemoglobin ko’p, bu unga qizil rang beradi va gemoglobin tufayli yangi shikast qizil tusga kiradi.
🧬 Oq qon hujayralari — leykotsitlar zararlanish joyiga kela boshlaydi.
Ular qon ketish joyini o’rab, qon hujayralarini yo’q qilishni boshlaydilar.
🎨 Leykotsitlar gemoglobinni yo’q qilganda, shikast joyi binafsha-ko’kdan sariq-yashil rangga o’zgaradi, keyin esa yo’qoladi…