ATBARA

ATBARA (arab. — Bahr-al-Asvod) — Sudan va Efiopiyadagi daryo, Nilning oʻng irmogʻi. Uz. 1120 km. Efiopiya togʻligining shim. chekkasidan boshlanadi. Asosan Sudan platosidan oqadi. Suv sarfi oʻzgarib turadi (700 m3/sek dan 2200 m3/sek gacha), quyi qismida qurgʻoqchil davrlarda butunlay qurib qoladi. Yogʻingarchilik paytlarida (iyun-sent.) daryoda suv koʻpayib, kemalar qatnaydi. Nilga quyilish joyida Atbara sh. bor. GES qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x