ASFIKSIYA

ASFIKSIYA (yun. a — inkor qoʻshimchasi va sphyxia — puls) , boʻgʻilib qolish — organizmda kislorod yetishmay karbonat angidrid koʻpayib ketishi natijasida paydo boʻladigan kasallik holati. Asfiksiyaga nafas yoʻllarining ichki yoki tashqi tomondan toʻsilib qolishi (mas, boʻgma kasalligida kekirdak va bronxlarga shilimshiq tiqilib qolganda, nafas yoʻllarida yot jismlar, qusuq massasi turib qolganida tomoq boʻgʻilganida), nafas muskullarining falajlanishi yoki uzoq vaqt tortishib qolishi sabab boʻladi. Asfiksiyada nafas yoʻllari oʻtkazuvchanligining buzilishi natijasida zararlangan kishining yuzi koʻkarib, baʼzan toʻq zangori yoki qoramtir tusga kiradi. Avvaliga es-hushi joyida boʻlib, nafas yoʻllari oʻtkazuvchanligini tiklashga urinadi: qattiq yoʻtaladi, ogʻir ahvoldan qutulishga harakat qiladi, bora-bora hushini yoʻqotadi va h. k. A. ning dastlabki alomatlari paydo boʻlganda darhol tez tibbiy yordam chaqirish kerak.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x