«Boburnoma» insho.
Reja:
1. Bobur hayoti va ijodiga bir nazar.
2. «Boburnoma» asari haqida.
3. «Boburnoma»dagi buyuk allomalar.
1) Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo 14-fevral 1483-yil dunyoga keldi. Oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda.
Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi — Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Boburning onasi oʻqimishli va oqila ayol boʻlib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol koʻmak bergan, harbiy yurishlarida unga hamroxlik qilgan. Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki ichida yashar edi. Hokim yoz oylari Sirdaryo boʻyida, Axsida, yilning qolgan faslini Andijonda oʻtkazardi. Boburning yoshligi Andijonda oʻtgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozilu ulamolar ustozligida harbiy taʼlim, fiqx ilmi, arab va fors tillarini oʻrganadi, koʻplab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fanga, sheʼriyatga qiziqa boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan „Bobur“ ya’ni „Sher“ laqabini oladi.
2) “Boburnoma” – adabiy va tarixiy ahamiyatga molik asar. Unda oʻz davridagi koʻplab kishilarning turli vaziyatlardagi kechinmalari, Osiyoning koʻplab togʻlari, daryolari, oʻrmon va choʻllari, iqlimi, aholisi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvoli haqidagi maʼlumotlar jamlangan.
“Boburnoma” – oʻzbek nasrining goʻzal namunasi. Ungacha Yusuf xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” asari muqaddimasida, Rabgʻuziy ijodida nasr namunalari uchrar edi. Alisher Navoiy uni yuqori pogʻonaga olib chiqdi. Biroq “Boburnoma” bu borada oʻzbek nasrining oʻziga xos kashfiyoti sifatida yuz koʻrsatdi.
Asarda tarixning Bobur yashab oʻtgan davri voqelari ifodalangan. Bu voqealar Andijon, Samarqand, Xoʻjand, Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha boʻlgan qamrovga ega. Yaʼni unda Oʻrta Osiyodan boshlab Hindistongacha boʻlgan masofadagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda va bahosini topgan.
“Boburnoma”dagi voqealar bayoni aniq, ixcham va loʻnda, taʼsirchan, eng muhimi, hayotiy haqiqatga mos va muvofiqligi bilan eʼtiborlidir. Muallif voqealar bayonida tabiat tasviriga, ayrim joylar tavsifiga, alohida kishilarning taʼriflariga jiddiy ahamiyat beradi
3) “Boburnoma”da adabiyot va sanʼat ahli, ilm-maʼrifat kishilariga ham munosib oʻrin berilgan. Unda Abdurahmon Jomiy, Shayxim Suhayliy, Husayn Ali Tufayliy, Sayfiy Buxoriy, Mir Husayn Muammoiy, Mullo Muhammad Badaxshiy, Yusuf Badiiy, Ohiy, Muhammad Solih, Hiloliy, Ahliy, Alisher Navoiy, Binoiy va boshqa soʻz ustalari haqida maroqli hikoyalar mavjud.
Hasan Yaʼqub haqida gapira turib: “…tabʼi nazmi bor edi, devon tartib qilib edi, vale sheʼri bisyor sust va bemaza edi. Andoq sheʼr aytqondin aytmogʻon yaxshiroqdur”, – deydi.
Kotiblardan Sulton Ali Mashhadiy, musavvirlardan Kamoliddin Behzod, Shoh Muzaffar, musiqa ustalaridan Qul Muhammad Udiy, Shayxi Noyiy, Shohquli Gʻijjakiy va boshqalarni faxr va iftixor bilan tilga oladi.
#10sinf Adabiyot #Insho
Ⓜ️anba⏬
@iRamond