Bolaning sut tishlari qachon chiqishni boshlaydi?
Normada bolaning sut tishlari 5-6 oyligidan chiqishni boshlaydi va chiqish jarayoni 2 yoshgacha davom etadi.
Agar bolada kalsiy miqdori kam bo‘lsa, unda sut tishlarni chiqishi kechikadi. Ya’ni 7-8- oyligidan, ba’zan bir yoshga to‘lgandan keyin chiqishi mumkin. Bu holat raxit kasalligi belgisi ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin.
Agar kalsiy miqdori ko‘p bo‘lsa, tishlar vaqtliroq chiqishi va liqildoq tezroq bitishi mumkin. Ya’ni sut tishlari bolaning 3-4 oyligidan, ba’zan undan ham oldinroq, ayrim hollarda esa chaqaloq tishli tug‘ulishi mumkin.
Sut tishlari quyida ketma-ketlikda chiqadi
Bola bir yoshga to‘lganda uning og‘zida normada 8 ta, ikki yoshga to‘lganda esa 20 ta tishi bo‘lishi kerak.
Ba’zan onalarda savol tug‘uladi. Bolam falon oylik nechta tishi bo‘lishi kerak?
Bu savolga quyidagi formula orqali javob topamiz.
X=(n-12)+8
Bu yerda:
X — 1 yoshdan katta bolalardagi tishlar soni
n — bolaning necha oyligi
Masalan, bola 18 oylik
(18-12)+8=14
Demak, 14 ta tishi bor ekan. Bu albatta taxminiy raqam.
Tish chiqishi alomatlari
Bolaning tishi chiqayotganda quyidagi alomatlar yuzaga kelishi mumkin, lekin shart emas(bu belgilar har doim ham kuzatilmaydi):
1. Bolaning milki shishib qoladi;
2. Bolaning milki oqsih rangga bo’yaladi;
3. Ko’p so’lak oqadi;
4. Bola hamma narsani og’ziga olib chaynashni istaydi;
5. Tana harorati oshadi ( ko’pi bilan 37-38 gradusgacha);
6. Bola injiqroq bo’lib qoladi;
7. Bolaning uyqusi buziladi yoki uyqu rejimi o’zgaradi;
8. Bola ona ko’kragini yoki qo’lini tishlashni xohlaydi;
9. Bolaning ishtahasi yo’qoladi;
10. Bolaning najasi suyuqlashadi, ichi ketadi.
Yuqoridagi alomatlarni ayrim kasalliklar alomatlari bilan adashtirib yubormang. Masalan, bolaning tana harorati oshib, bola yo’talib, burni oqayotgan bo’lsa, u holda bola shamollagan bo’lishi mumkin. Yoki bolaning ichi ketishi kuchayib borib, unga qusish ham qo’shilib ketsa, demak bola infeksion kasallikka uchragan, uni darhol davolash lozim.
Shuning uchun yuqoridagi alomatlarni bolada kuzatsangiz va ular kasallik emasligiga shubhalanayotgan bo’lsangiz, u holda vrachga murojaat qilganingiz ma’qul.
Tishi chiqayotgan bolaga qanday yordam berish mumkin?
Bolani tishi yorib chiqayotganda u hamma narsani tishlagisi kelaveradi. Chunki tishlari qichishadi va birmuncha og‘riq bo‘ladi. Shuning uchun ko‘p injiqliklar qiladi.
1.Bolaga dorixona sotiladigan, tishlarni yorib chiqishiga yordam beradigan maxsus rezinalardan olib berish kerak. Eslatib o‘tamiz rezina yumshoq bo‘lishi kerak.
2.Tishlarni yorib chishiga yordam beradigan maxsus gellar bor:
💊Kalgel
💊Dentinoks
3. Emizikli va kichik yoshdagi bolalarning tishlarini chiqishidagi og‘riqli holatlar, qo‘zg‘aluvchanlik, bezovtalik, quloqlardagi og‘riq, milklardagi og‘riq isitma va diareya holatlarini bartaraf qilish uchun Dentokind tablekasi qo‘llaniladi.
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 tabletkadan 3 mahal
1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 2 tabletkadan 3 mahal qo‘llaniladi.
❗️Eslatib o‘tamiz. Yuqoridagi tabletka va gellarni faqat vrach pediatr tavsiyasi bilan qo‘llash mumkin!
Qadrli onalar sizning o’zingiz bolangiz uchun birinchi shifokorsiz. Bolada tishi chiqishi jadvali va tish chiqishi bilan bog’liq muammolar bilan erinmasdan tanishib chiqing. Shundagina siz o‘z fardingiz uchun yordam ko‘rsata olasiz!
Maqola mushtariylarimiz istaklariga binoan kamina tomonidan tayyorlandi.
©Doctor Muxtorov