ASKORBIN KISLOTA, vitamin S — kristall modda; skorbutga qarshi vitamin. Hayvonlarning buyrak usti bezlari, gipofizi va jigarida, igna bargli daraxtlar yaproklarida, ayniqsa hoʻl meva va sabzavotlarda koʻp. Bu vitamin issiqqa chidamsiz, yuqori t-rada buziladi. Askorbin kislota organizmdagi oksidlanish va qaytarilish jarayonlarida qatnashadi. Uning ovqatda yetishmasligi qon tomirlarning shikastlanishi, qon oqishi bilan kechadigan lavsha (skorbut) kasalligiga sabab boʻladi. Tibbiyotda keng qoʻllaniladi (yana q. Vitaminlar).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые