GUNOH

GUNOH — diniy axloqiy tushuncha. Diniy aqidalarga xilof ish yoki xatti-harakatni bildiradi. Gunoh tushunchasi qadimda turli taqiqlarni buzuvchi, axloqsiz odamning harakati maʼnosida qoʻllanilgan. Gunoh tushunchasi barcha dinlarga xos. Ularning hammasida Gunoh ishlar Qoralanadi. Islom dinida shirk, yaʼni Alloqni butunlay inkor etish yoki unga teng keladigan boshqa ilohiy kuchlar bor deb eʼtiqod qilish eng katta Gunoh hisoblanadi. Shirkni Alloh kechirmaydi. Ammo undan boshka katta va kichik Gunohlarni xohlaganicha kechirishi yoki maʼlum meʼyorda jazolashi mumkin. Katta Gunoh larning adadi toʻgʻrisida islom manbalarida turlicha fikrlar aytilgan. Ota-ona qargʻishini olish, sehr-jodu b-n shugʻullanish, qotillik, zino, yolgʻon guvoxlik berish, oʻgʻrilik, chaqimchilik, qimorbozlik, riyokorlik, firibgarlik, harom qilingan narsalarni isteʼmol qilish, dilozorlik va h. k. katta Gunoh hisoblanadi. Baʼzi islom ulamolari katta Gunohlar sonini 300 tagacha sanab oʻtishgan. Kichik G. lar esa behisobdir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x