GUMIN OʻGʻITLAR

GUMIN OʻGʻITLARorganik-mineral oʻgʻitlar; organik modda va u bilan kimyoviy yoki adsorbsion boglangan mineral birikmalardan iborat. Gumin oʻgʻitlar gumin k-talar yoki tarkibida shu k-ta boʻlgan moddalar (qoʻngʻir kumir, torf, toshkoʻmirning nuragan qoldiqlari, loyqa, chirindi va b.) ni ammiak, fosfatlarning ammiaqli eritmalari, fosfat k-ta, kaliyli tuzlar bilan ishlash yoʻli orqali olinadi. Qanday xom ashyodan foydalanilganiga koʻra suvda eriydigan nitrat va ammoniy gumatlari, nitrogumatlar, torfliammiaqli oʻgʻitlar, torfli-mineralliammiaqli oʻgʻitlar va b. boʻlishi mumkin.

Oʻzbekiston FA Umumiy va noorganik kimyo in-tida ammoniylashgan qoʻngʻir gumin koʻmirini mochevina, ikkilangan superfosfat yoki ammofos tarkibiga qoʻshish orqali organik-mineral oʻgʻitlar olish usuli ishlab chiqilgan. Bu oʻgʻitlarda azotning miqdori bir xil boʻlib, fosforning miqdori qoʻshilayotgan gumin koʻmiriga bogʻliq holda oʻzgaradi. Bunday yul bilan tuproqqa solinadigan fosfor oʻgʻiti miqdorini istagancha kamaytirish yoki koʻpaytirish mumkin. Gumin oʻgʻitlar fosforit tarkibidagi fosforning eruvchanligini, fosforli oʻgʻitlarning samaradorligini oshiradi va ekinlar hosildorligiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Maruf Toshqoʻziyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x