O‘qituvchilarning faoliyatiga aralashgan shaxslarga qanday javobgarlik bor.

🟢 O‘qituvchilarning faoliyatiga aralashgan shaxslarga qanday javobgarlik bor.

Savol; men maktabda tarix fanidan dars beraman. Bir o‘quvchimning ota-onasi bolaga yomon baho qo‘ysam xam, yaxshi o‘qigin deb koyisam xam xar-safar menga telefon qilib pas baho qo‘ymasligimni bolani tergamasligimni talab qiladi. Shunday ota-onalarga qonunchilikda chora bormi ?

Javob; MJtK ning 197-5-moddasiga ko‘ra, ta’lim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta’lim oluvchilar bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari (1 350 000) dan yetti baravari (1 890 000) gacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravari dan o‘n baravari (2 700 000) gacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

✅ Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravari (4 050 000)gacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

✏️ Farzandiga dars o‘tadigan o‘qituvchilarga telefon qilib falonchixon meni bolamga bugun 4 qo‘yibsiz ertaga besh qo‘ying, kecha baho qo‘ymabsiz bugun qo‘ying, bolani o‘z holiga qo‘ying, qo‘lingizdan kelsa ishlang bo‘lmasa yig‘ishtirib qo‘ying kabi va boshqacha shaklda pedagog hodimlarning ishchanlik faoliyatiga ortiqcha aralashgan ota-onalarga yuqoridagi norma bo‘yicha ko‘rsatilgan ma’muriy jarimalar qo‘llanilishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x