GREKOV Aleksey Dmitriyevich

GREKOV Aleksey Dmitriyevich (1873 — 1957) — mikrobiolog va epidemiolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1940). Tibbiyot fanlari dri (1935), prof. (1946). Oʻrta Osiyoda birinchi oʻlka bakteriologiya lab. sini tashkil etgan (1918). Lab. ulka bakteriologiya in-tiga aylantirilgach (1921), Epidemiologiya va mikrobiologiya in-ti direktori (1921—31), 1938-y. dan umrining oxirigacha Toshkent Vrachlar malakasini oshirish in-ti mikrobiologiya kafedrasining mudiri. Grekov Eron (1912) va Oʻrta Osiyoda (1924—28) ulat (toun) epidemiyasini tugatishda, chet eldan oʻlat oʻtishining oldini olish tadbirlarini koʻrishda faol qatnashgan. Grekov ich terlama va vaboga qarshi vaksina, chechak detriti i. ch. tashkilotchilaridan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x