BYULLETEN (frans. bulletin — kichik yorliq, eʼlon) — 1) rasmiy hujjat, qaror, koʻrsatmalar va sh. k. toʻplami;
2) keng jamoatchilik uchun muhim boʻlgan voqea, hodisa haqidagi eʼlon (mas, urush harakatlari, yirik davlat arbobining sihatsalomatligi toʻgʻrisida va h. k.);
3) muayyan bir masalaga oid nashrlarning nomi (mas, OʻzR oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi «Byulleten»lari va b.);
4) maʼlum shakldagi saylov varaqasi, unda deputatlikka nomzodi qoʻyilgan shaxsning ismfamiliyasi, tugʻilgan yili va b. baʼzi asosiy maʼlumotlar koʻrsatiladi;
5) ishchi yoki xizmatchi mehnatga vaqtincha yaroqsiz boʻlganda tibbiyot muassasalari tomonidan beriladigan kasallik haqidagi hujjat.