BUYUK FRANSUZ INQILOBI

BUYUK FRANSUZ INQILOBIFransiya tarixida mustabid tuzumga barham bergan va yangi ijtimoiy tara qqiyotga yoʻl ochgan inqilob (1789 — 99). Qirol Lyudovik XVI1789-y. 5-mayda Bosh shtatlar (parlament) majlisini chaqirdi. 3toifa deputatlari 17-iyunda oʻzlarini Milliy majlis, 9-iyulda esa Taʼsis majlisi deb eʼlon etdilar. Majlisni tarqatib yuborish maqsadida qilingan urinishlar xalq qoʻzgʻoloniga sabab boʻldi. 14-iyulda Bastiliya turmasiga hujum boshlandi. Bu B. f. i. ning boshlanishi edi. Avg. oyida Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi qabul qilindi. Parij Kommunasi boshchiligidagi 1792-y. 10 avg. qoʻzgʻoloni natijasida monarxiya tuzumi agʻdarildi. Siyosiy rahbarlik yirik savdo-sanoat mulkdorlar vakillari — jirondistlar qoʻliga oʻtdi. Inqilobni chuqurlashtirish tarafdori boʻlgan yakobinchilar jirondistlarga qarshi chiqdi. 1793-y. yanv. da Konvent (oliy qonun chiqaruvchi va ijrochi organ) hukmi bilan qirol Lyudovik XVI davlatga xoinlik qilishda ayblanib, qatl etildi. 1793-y. 31 may — 2 iyun qoʻzgʻoloni oqibatida yakobinchilar diktaturasi oʻrnatildi. Yakobinchilar hukumati xalqni safarbar etib, uning Fransiyaga bostirib kirgan Yevropa monarxiyachi davlatlar (Prussiya, Avstriya va b.) qoʻshini ustidan gʻalabasini taʼminladi. Biroq yakobinchilar avj oldirgan ommaviy terror ularning ijtimoiy bazasini toraytirib yubordi va magʻlubiyatga olib keldi. 1794-y. termidor (Fransiya Respublikasi taʼsis etgan kalendar boʻyicha 11oy) toʻntarishi yakobinchilar diktaturasiga chek qoʻydi. Hokimiyat yirik mulkdorlar qoʻlida jamlandi. Direktoriya (1795-y. 4 noyab. dan 1799-y. 10 noyab. gacha Fransiya hukumati) oʻz tuzumini oʻrnatdi. 1799-y. 18 bryumer kuni uyushtirilgan davlat toʻntarishi fransuz inqilobiga barham berdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x