Ayollar yashashi va ishlashi uchun eng xavfsiz shahar.

Ayollar yashashi va ishlashi uchun eng xavfsiz shahar.

Kanadaning Toronto shahri ayollar yashashi va ishlashi uchun eng yaxshi hamda xavfsiz shahar deb topildi.
Ma’lum qilinishicha, agentlik jurnalistlari va ekspertlari ayollarning farovon yashashi uchun qulay bo‘lgan yirik shaharlar reytingini tuzib chiqqan. Jarayon davomida 15 ta megapolis o‘rganilgan. Mutaxassislar reytingni tuzishda xavfsizlik darajasi, tenglik, ayollarning daromadi, shuningdek, homiladorlik va tug‘ruq ta’tili uchun pul ajratish hajmi, shartlari hamda boshqa mezonlarni hisobga olgan.

Bundan tashqari, tadqiqot davomida har bir o‘rganilgan shahardan 200 ga yaqin ishlaydigan ayollar orasida so‘rovnoma o‘tkazilgan.
Unga ko‘ra, kuchli 10 talikka Kanadaning Toronto shahridan tashqari Sidney, Singapur, Parij, London, Berlin, Tokio, Gonkong, Nyu-York va Amsterdam kiritilgan. Reytingda oxirgi o‘rinni Braziliyaning San-Paulu shahri egallagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x