❓Bolaning eshitish qobiliyatini qanday aniqlash mumkin?
Buning uchun bolani o’zingizdan teskari qilib orqasidan 5-6 metr uzoqlikda pichirlab gapirib ko’ring. Agar eshitsa, eshitish qobiliyati yahshi. Mobodo eshita olmayotgan bo’lsa, sekin-sekin unga yaqinlashib boring. Har bir aytgan so’zingizni aniq qaytarib bermagunicha yaqinlashib boravering.
Bola eshitish qobiliyatining pastligini aniqlasangiz, uni vrachga ko’rsating. Vrach kerakli muolaja va maslahatni beradi.