BUTADIYEN KAUCHUKLAR

BUTADIYEN KAUCHUKLAR, divinil kauchuklar — butadiyenni polimerlab olinadigan sintetik kauchuklar. Ularga butadiyennatriy, butadiyennitril, butadiyenstirol, polibutadiyen va b. kauchuklar kiradi. Butadiyen kauchuklarni olishda katalizatorlar sifatida ishqoriy metallar (asosan natriy) qoʻllaniladi. Butadiyennatriy kauchuk jahonda ilk bor olingan sintetik kauchukdir. Uni Rossiyada 1932-y. da sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshlangan. Butadiyen kauchuklar organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Polibutadiyen kauchuk avtomobil shinalari, poyabzal tagliklari, kabel qoplamalari va turli xil rezina buyumlari tayyorlashda qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x