BURQUTSOY

BURQUTSOY, Otchisoy — Navoiy viloyati Nurota tumanidagi soy. Qoratogʻning jan. yon bagʻridan (800 m), Burqut qishlogʻi yaqinidan boshlanadi. Uz. 18 km, havzasining mayd. 84 km2. Yogʻin juda kam yogʻadigan past togʻlardan boshlanganidan Burqutsoy juda kamsuv. Soyda yogʻingarchilik paytidagina boshdanoyoq suv oqadi, boshqa vaqtlarda deyarli qurib qoladi. Burqutsoy Zarafshon daryosiga yetmasdan Oʻrtaovul va Bahrin qishloqlari yaqinida tugaydi. Burqutsoyga oʻngdan birgina Xonaqasoy irmogʻi quyiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x