GIPERKERATOZ (giper… va yun. keratos — muguz, shox modda) — teri muguz qavatining qalin tortib kattiklashishi. Tashqi (uzoq vaqt bosilib turish, ishqalanish, va b.) hamda ichki (endokrin bezlar funksiyasining buzilishi, A gipovitaminoz) omillar keltirib chiqarishi mumkin. Giperkeratozda muguz tangachalar, kattakichik tugunchalar, boʻrtmachalar paydo boʻladi; teri quriydi, bemor kam terlaydi. Terining muguz qavati yoriladi, pust tashlaydi, baʼzan ogʻriydi. Giperkeratoz cheklangan (qadoq, soʻgal, keratoma) va diffuz, yaʼni koʻp joyga yoki butun badan terisiga tarqalgan boʻladi. Bemorni sodali yoki sovunli vannalar, vitamin A, terining muguz qavatini yumshatib, shilib tushiradigan mazlar bilan davolaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые