Bola puli olish uchun oilaning oylik normativ daromadi.

✅ Bola puli olish uchun oilaning oylik normativ daromadi.

Savol; Men ijtimoiy nafaqa olish uchun ariza bermoqchi edim. Meni oilam uchun normativ daromadni xisoblash qanday bo‘ladi ?

Javob; Vazirlar Mahkamasining 05.03.2021 yil kungi 122-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 21-bandiga ko‘ra, oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha daromad bolalar nafaqasi, yoki moddiy yordam olish uchun murojaat qilingan oydan oldingi oygacha bo‘lgan oxirgi uch oyi uchun hisoblab chiqilgan barcha oila a’zolarining daromadi summasini oila tarkibiga kiritiladigan a’zolar soniga va uchga bo‘lish orqali aniqlanadi.

✏️ Ya’ni, sizni oilangizni ariza berishingizdan oldingi uch oylik daromadi olinib, oilangiz tarkibiga kiritilgan a’zolar soniga bo‘linganida, bir oyga kishi boshiga 433 ming so‘mdan oshib ketmasa, anashundagina sizga ijtimoiy nafaqa tayinlanishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x