Homiladorlik davrida bolani emizish mumkinmi?

🤷🏻‍♀️Homiladorlik davrida bolani emizish mumkinmi?
.
⭕️Bu savolaga ko’pchilik🙅🏻‍♀️ “YO’Q” deb javob beradi.
Aslida ham shundaymi?
💁🏻‍♀️Bugun ana shu koʻp tortushuvlarga sabab boʻlgan mavzu haqida☝️
.
🤰🏻Ayol bemavrid homilador bo‘lgach, laktatsiya jarayoni o‘z-o‘zidan to‘xtab qolmaydi. Sut kelishi davom etaveradi. Ammo homilador onaning sutida gormonal o‘zgarishlar tufayli laktoza miqdori kamayadi. Natriy esa orta borib, natijada, ko‘krak sutining ta’mi o‘zgaradi, ya’ni shirin bo‘lmay qoladi. Go‘dakka sutning yangicha mazasi yoqmagach, u emishdan bosh tortadi va injiqlana boshlaydi. Ba’zi hollarda bolaning ichini ham buzilishiga sabab boʻlishi mumkin
.
Qolaversa, laktatsiya jarayonida homilador bo‘lib qolgan ayollarning 70 foizida ko‘krak suti miqdori kamayib ketadi. Lekin bu hamma ayollarda ham kuzatilmaydi. Hammani organizmi har xil. ☝️Shu jumladan bolalarniki ham
.
Shunday onalar borki homiladorlikning oxirigacha bemalol katta farzandini emizib, yangi chaqaloq tug’ilganda ham ikkalovini birgalikda egizaklar singari emizishda davom etaveradi. Bundan homilaga ham katta farzandga ham hech qanday ziyon bo’lmaydi
.
‼️BUNI BILISH MUHIM ☝️
Emizish jarayonida ayol gipofizida oksitotsin moddasi ishlab chiqariladi. Huddi shu modda tugʻruq jarayonida va undan keyin bachadonning qisqarishi uchun hizmat qiladi. Lekin homiladorlikning o’rtacha 20 haftasiga qadar oksitotsin bachadon asab toʻqimalariga taʼsir eta olamaydi, shuning uchun bu darvgacha emizish mumkin. Agar homilador ayol katta farzandini emizishdan chiqarishni istamasa bu haqda ginekologga aytishi va homiladorlik kechishini qat’iy nazoratga olishi darkor. Agar homiladorlik muammolar (homila tushish xavfi, yo’ldosh patologiyalari yoki homiladorlik yakunlanishiga olib keluvchi boshqa noxush faktorlar mavjudligi) kuzatilayotgan bo’lsa, u holda homiladorlikni saqlab qolish maqsadida bolani emizish toʻxtatiladi
.
🙅 Quyidagi holatlarda homilador ayollarga emizish taqiqlanadi:
📍Homilador bo’lib qolgan ayolning yoshi kattaligi
📍Ayolda surunkali kasalliklar mavjudligi
📍Hozirgi va bundan oldingi homiladorlik davrida muammolar yuzaga kelishi;
📍Toksikoz;
📍Gestoz;
📍Analizlar natijasi normadan tashqarida bo’lishi (masalan, gemoglobin darajasi pastligi homilaga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin, emizish esa bu ko’rsatkichni yanada pasaytiradi va boshqalar);
📍Ko’krak uchi sezgirligining oshishi (homilador ayol ko’kraklari juda sezgir bo’lib qoladi, bu emizish davomida og’riq va noqulayliklar keltirishi mumkin);
📌Ko’krak suti mazasining o’zgarishi (ba’zi emizayotgan ayollarda homiladorlikning 2 trimestrdan so’ng ko’krak suti mazasi o’zgarishi kuzatiladi, bunda bolaning o’zi ko’krakdan bosh tortishni boshlaydi)
☝️
Ba’zi shifokorlar homiladorlik yuz bergani aniqlansa, emizishni darhol to’xtatishni tavsiya qiladilar. Bunday qilishga haqiqiy asos borligiga amin bo’lish kerak. Agar bola 1 yoshdan oshgan bo’lsa, u holda shoshilmasdan bolani qiynamay asta sekinlik bilan sutdan ajratish unga ziyon keltrimaydi. Lekin 1 yoshga to’lmagan chaqaloq ko’krak sutiga, onaning mehrga to’la bag’riga jismonan va ruhan juda muhtoj bo’ladi. Shuning uchun homiladorlik yuz bersa, emizishni to’xtatish yoki to’xtatmaslik haqida qaror qabul qilishdan oldin hamma tomonlarni inobatga olib bir xulosaga kelish zarur.
©HOMILADORLIK_DAVRI
1 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x