GINANDROMORFIZM

GINANDROMORFIZM (yun. gyne – ayol, apeg — qaratqich kelishigi, andros — erkak va morphe — shakl, koʻrinish) — bitta organizmda har xil jinsga xos xromosomalar toʻplamiga ega boʻlgan hujayralar, toʻqimalar va organlar boʻlishi. Old-orqa, lateral va mozaik (qurama) G. mavjud.

Old-orqa Ginandromorfizmda tananing old qismi bir jinsga, orqa qismi boshqa jinsga xos hujayra va shu jinsga mos keladigan belgilar bilan ifodalanadi. Lateral Ginandromorfizm tananing oʻng va chap tomonida xuddi shunday farq qiluvchi belgilar boʻlishini koʻrsatadi, bu farkdanish jinsiy sistemalarni ham oʻz ichiga oladi. Mozaik Ginandromorfizmda organizm hujayralarining koʻp qismi bir jinsga, oz qismi ikkinchi jinsga tegishli boʻladi. Ginandromorfizm asosida gomogameta jinsli individlarda ontogenezttt turli bosqichlarida jinsiy xromosomalardan biri yoʻqolib ketishi mumkin. Bundan tashqari, ahyon-ahyonda tuxum hujayrada ikki urgʻochi pronukleusning hosil boʻlishi va ular har birining har xil jinsiy xromosomali spermiyalar bilan urugʻlanishi hamda kelgusida bunday yadroli zigotadan bitta organizmning rivojlanishi ham Ginandromorfizmning sababchisi boʻlishi mumkin. Ginandromorfizmning aniqlanishi va kelib chiqish sabablarining koʻrsatilishi jinsni xromosoma orqali aniqlanishi nazariyasini isbotlovchi dalillardan biri boʻldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x