BURMAKIN Vladimir Ivanovich (1938.9.1, Toshkent) — rassom, Oʻzbekiston BA haqiqiy aʼzosi (1997), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1981). Respublika rassomlik bilim yurti (1957) va Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-ti (1965)ni tugatgan. Burmakinning mahobatli, ayniqsa, dastgohli rangtasvir borasidagi izlanishlari, voqeaband tasvirlari, serjilo obrazlari diqqatga sazovor. Ayollar ruhiy holati jonli ifodalangan portretlar («Boysun goʻzali», 1968; «Elvira», 1983 va b.), rangdor, bezak mujassamotlar («Intizor ayollar», 1962; «Ota», 1973; «Daraxt haqida qoʻshiq» triptixi, 1975; «Kimning oti yaxshiroq?», 1979; «Oʻzbekistonning hozirgi fan arboblari», 1984 va b.), «Farhod va Shirin» (hamkorlikda) devoriy rasmlari va b. ni yaratdi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые