BUZUQLIK

BUZUQLIK (mashinasozlikda) — texnik qurilmalarning loaqal bitta yoki qoʻshimcha parametrlari belgilangan texnik hujjatlarda koʻrsatilgan talablarga moye kelmaydigan holati. Ishlamay qolishlik yoki shikastlanish natijasida qurilma Buzuqlik holatiga oʻtadi. Asosiy parametrlardan kamida bittasi ruxsat etilgan chegaradan chiqqanda qurilmaning shikastlanishi natijasida u faqat qoʻshimcha parametrlar boʻyicha texnik talablarga moye kelmaydigan boʻlsa, qurilma ishlash qobiliyatini yoʻqotmasligi ham mumkin. Mac, radiopriyomnikning asosiy parametrlari berilgan chegarada boʻlib, shkalani koʻrsatadigan lampochkasi kuysa, u ishlayveradi. Buzuqlik taʼmirlash (tuzatish) orqali bartaraf qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x