GIDRAVLIK TARAN

GIDRAVLIK TARANgidravlik zarba taʼsirida bosim hosil boʻladigan suv koʻtarish qurilmasi. Ya, balandlikdagi manba 1 dan quvur 2 boʻylab tushayotgan suv zarba klapani 4 orqali tashqariga chiqadi. Tushayotgan suv chiqayotganida koʻp boʻlgani uchun quvur 2 da bosim oshib, zarba klapani yopiladi, natijada quvurda gidravlik zarb hosil boʻladi. Zarb kuchi taʼsirida bosim klapani 5 ochilib, suv bosim qalpogʻi 6 ga koʻtariladi. Bunda zarb kuchi kamaygach, klapan 4 yana ochilib, haydash klapani yopiladi. Bu jarayon har 0,5—2 sek. da takrorlanib,bosim qalpogʻidan havo siqila boradi (dinamik bosim oshadi) va suvni quvur 7 orqali N2 balandlikdagi idish 8 ga haydaydi. Ventillar 3 yopilganda Gidravlik taran ishdan toʻxtaydi. Suvning koʻtarilish balandligini 50 m dan oshirish mumkin. Gidravlik taranni suv zaxirasi isteʼmol qilinadigan miqdordan ancha ortiq boʻladigan va qurilmani manba 1 sathidan past joylashtirish imkoniyati bor boʻlgan joylarda ishlatish mumkin. Gidravlik taran, kichik qurilishlarni suv b-n taʼminlash va b. da keng tarqalgan. Gidravlik taranning ish unumi past, ammo uning xarajati uskunaning soddaligi, tuzilishi va juda oddiy ishlashi hisobiga qoplanib ketadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x