BROMARGIRIT

BROMARGIRIT (Brom—Argyrit tarkibiga qarab atalgan) — mineral. Bromidlar guruhiga mansub. Kimyoviy formulasi AgBr. Kub singoniyali. Kub, kuboktaedrli kristallar va donachalar. Yashildan sariqgacha, olmossimon, mumsimon yaltiraydi, baʼzan xira. Qattiqligi 2,5. S. ogʻ. 6,5. B. Nurota togʻlaridagi oltin konlari oksidlanish zonasida aniqlangan. Bromargirit kam uchraydi. Oʻzbekiston (Nurota togʻlari), Meksika (SanOnofre) va Chilida (Chanarkilyo) bor. Kumush olinadigan ruda. Sinonimi: bromirit, bromli kumush.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x