BAN GU

BAN GU (laqabi — Ban Menszyan) [32, Anlin sh. (Shensi viloyati) — 92] — Xitoy tarixchisi, «Syan Xan shu» («Ilk Xan sulolasi tarixi») ning asosiy mualliflaridan biri. Xan imperiyasida yirik lavozimlarda ishlagan oʻqimishli amaldorlar oilasidan. 58 y. otasi Ban Byao tasnif eta boshlagan «Ilk Xan sulolasi tarixi»ning davomini yozishga kirishgan. Imperator Mindining topshirigʻiga binoan tarixga oid bir necha risolalar (xajmi 28 bob) yozgan. 82 y. «Ilk Xan sulolasi tarixi»ni yozib tugatgan. Asarda Qad. Xitoy va Markaziy Osiyo tarixi, xoʻjaligi va madaniyati haqida turli maʼlumotlar bor. 92 y. Xan imperiyasi lashkarboshisi Dou Syanning yaqin yordamchilaridan biri sifatida Ban Gu hunnularga qarshi yurishda qatnashgan. Yurish muvaffaqiyatsiz chiqqach, amaldan tushirilgan va zindonga tashlangan (oʻsha yerda vafot etgan).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x