GUJON

GUJON (Goujon) Jan (taxm. 1510 — 1564/68, Bolonye) — fransuz haykaltaroshi, Uygʻonish davrining yirik vakili. Ruan (1540—41), Parij (1543 — 44)da ishlagan. Gujon haykallari bezakdorligi va shakllarning mutanosibligi bilan ajralib turadi. Linyeri mehmonxonasi (hoz. Karnaval muzeyi, taxm. 1545), Luvr (1550-y. lar)ning haykaltaroshlik bezaklarini yaratgan. Kariatidalar zali (Luvr)dagi ayol haykallari, Sen-Jermen lʻOkserrua cherkovi boʻrtma tasvirlari (1544, Luvr) va J. Gujon. «Nimfalar». Parijlash «yegunohlar favvorasi» relyefi (marmar, 1547—49, Luvr). «Begunohlar favvorasi» (1547—49, Parij) va b. yaratdi. Grafik rassom sifatida Vitruviy risolasini bezagan (yogʻoch gravyura, 1547).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x