Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” nomli kitobi chop etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” nomli kitobi nashrdan chiqdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, mazkur kitobda Yangi O‘zbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yo‘nalishlari, milliy taraqqiyot istiqbollari haqida atroflicha fikr yuritiladi.

Ushbu asar kitobxonlarda Yangi O‘zbekistonning zamonaviy demokratik qiyofasi qanday yaratilayotgani, mamlakatni yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarish uchun belgilab olingan strategik yo‘l to‘g‘risida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini beradi.

Kitob yetti bobdan iborat bo‘lib, 10 ming nusxada nashr qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Shavkat Mirziyoyev asarlari va ma’ruzalaridagi fikrlar jamlanmasi kitob sifatida nashr etilgan, shuningdek, “Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi” nomli yangi asari chop etilgan edi.

daryo.uz

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x