Bolaning sochini kal qilib olish foydalimi?

Bolaning sochini kal qilib olish foydalimi?

Bir yoshli bolaning sochini kal qilib olish kelajakda uning sochlarining tezroq o‘sishi, qalinroq va sog‘lomroq bo‘lishiga olib keladi degan fikrlar mavjud.

Ko‘pchilik ushbu usul orqali kichkina odamchaning jingalak yoki tekis sochga ega bo‘lishi yoki sochlarining rangini o‘zgartirishga erishish mumkin deb hisoblaydi. Bolada bu jarayonni amalga oshirish qanchalik samara berishi haqida ekspertlarning fikri bilan tanishamiz.

Irina Perren, bolalar shifokori, Yevropa tibbiyot markazi Bolalar klinikasi pediatriya bo‘lim boshlig‘i

Sochlarning tekis yoki jingalak bo‘lishi genetik omil hisoblanadi. Uning qalinligi esa soch ildizlarining soniga bog‘liq. Bolaning sochlari kal qilib olinsa, undagi soch ildizlari ko‘payib qolmaydi va sochlari qalinlashmaydi. Chaqaloqning mayin sochlari o‘rniga kattalarga xos qalinroq sochlarning chiqishi hisobiga ular qalinlashgandek yolg‘on tasavvur yuzaga kelishi mumkin. Sochlarning almashib turishi tabiiy jarayon, shu sababdan ularni qirib olish uning o‘sish tezligiga ham, sifatiga ham hech qanday ta’sir qilmaydi.

Katerina Zabrodina, «Strij» oilaviy go‘zallik saloni sartaroshi

Bir yashar bolaning sochini albatta kal qilib olish shart emas, ularni qisqartirishning o‘zi yetarli. Bolakayning birinchi mayin sochlari tez-tez chalkashib, noqulaylikni yuzaga keltirganligi uchun ularni kaltalatish yaxshi natija beradi. Ba’zan bola boshining old qismi va ensa qismidagi sochlari chakkalaridagiga qaraganda tezroq o‘sishi mumkin. Bolaning sochlarini bir yoshligida kaltalatish orqali ularning bir tekis o‘sishiga erishish mumkin.

Shuningdek, bu jarayonning yana bir ijobiy tomoni kichik yoshligidan bolaning sochlarini kaltalatish uning bu jarayonga tez ko‘nikishiga sabab bo‘ladi. Asosiysi uni bunga majburlamaslik kerak. Aks holda bola bu jarayonni qo‘rqinchli va yoqimsiz hodisa sifatida qabul qilishi va keyinchalik sartaroshga borish jarayonida qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin.

Dmitriy Ellinskiy, trixolog shifokor

Sog‘liq nuqtai-nazaridan bolalar sochini qirib olish uchun zarurat yo‘q. Bu jarayon sochning o‘sishi va qalinligiga hech qanday ta’sir qilmaydi. Chunki soch follikulalari va soch turi ona qornidayoq shakllanadi. Shuning uchun sochni qirib olish uning son jihatdan ko‘payishiga olib kelmaydi, aksincha ustaraning o‘tkir tig‘i bolaning ta’sirchan bosh terisiga shikast yetkazishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x