Pampersli enurezning sababi nima?

Pampersli enurezning sababi nima?

So‘nggi yillarda pediatrlar tamaddun yutug‘i bilan bog‘liq bo‘lgan yangi muammoga duch kelishdi. Hozirda bolalar zamonaviy tagliklar – pamperslar “qurboni”ga aylanib borayapti.

Natijada go‘daklar tuvakka o‘rgangisi kelmayapti. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda laboratoriya tahlillari me’yorida, kasallik belgisi yo‘q. Ammo, bola hamon tagini ho‘llaydi. Pamperslarni qo‘llaganda qovuq bo‘shaydi, bolaning tagi esa hamon quruq. Natijada bolada beixtiyoriy peshob ajratishni to‘xtatishga hamda tuvakka o‘tirishga xohishning o‘zi ham yo‘q.

Pampersli enurezni hech nima bilan davolab bo‘lmaydi.1 yoshli bolaga “siyging kelsa ayt” deb bo‘lmaydi. O‘ta qulay taglik bo‘lganda esa umuman bu haqida og‘iz ochmasa ham bo‘ladi. Pediatrlar bolani necha yoshdan boshlab tuvakka o‘rgatish kerakligi xususida bahslashadi. Javob bitta: qancha vaqtli bo‘lsa, shuncha yaxshi. Faqat g‘arblik hamkasblarimiz tavsiya etganlaridek 2 yoshdan emas.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x