Lock Me Out: Telefonni ma’lum vaqtga blokirovka qilish

Lock Me Out: Telefonni ma’lum vaqtga blokirovka qilish

Ba’zilar Instagram dagi yangi layklar bildirishnomasi yoki Facebook xabarlarini e’tiborsiz qoldirishlari qiyin. Aynan shu kabi odamlar uchun Lock Me Out (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.teqtic.lockmeout) ilovasi mo‘ljallangan. Agar foydalanuvchi smartfonda ko‘p vaqt sarflasa, ilova uni bloklaydi.

Qisqacha imkoniyatlari:
• Muayyan ilovalarni bloklash, belgilanganlari ishlashiga ruxsat berish
• Ayrim saytlarni blokirovka qilish
• Foydalanishga qarab avtomatik o‘chirish: ish vaqti, ilovalarni ochish, qurilma qulfini ochish
• Muntazam rejalashtirilgan o‘chirish
• Faqat belgilangan joylarda o‘chirish
• O‘chirish paytida «Bezovta qilinmasin» (Ne bespokoit (https://t.me/gsmgurus_FAQ/636))/ «Ovozsiz» rejimini yoqish
• O‘chirish vaqtida yoki undan oldin o‘zgarishlarning oldini olish
• Kirish, o‘chirish va tizim parametrlarini o‘zgartirishdan parol bilan himoya qilish
• Vaqtinchalik favqulodda kirish
• Muddatidan oldin chiqqanlik uchun jarima to‘lash
• O‘chirish paytida, «Bezovta qilinmasin» rejimi yoqilgan foydalanish vaqti statistikasi
• Foydalanish haqida ogohlantiruvchi bildirishnomalar
• Reklama yo‘qligi

Lock Me Out minglab odamlar, shu jumladan o‘qishga e’tibor qaratishlari kerak bo‘lgan talabalar uchun telefondan foydalanish vaqtini qisqartirishga yordam bergan.
Umumiy statistika va ogohlantirish uchun aksariyat Android smartfonlarning o‘zida «Raqamli muvozanat va ota-ona nazorati (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.google.android.apps.wellbeing)» (Sifrovoye blagopoluchiye i roditelskiy kontrol) funksiyasi mavjud.

Ilovani yuklab olish: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.teqtic.lockmeout

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x