GLITSERIN

GLITSERIN (yun. glykeros — shirin) — 1, 2, 3-propantriol, NOSN2 — SNON—SN2ON — uch atomli oddiy spirt; rangeiz, hidsiz, shinniga oʻxshash, chuchmal suyuqlik; Mol. m. 92,09, zichligi 1260 kg/m3, suyuklanish t-rasi 17,9°, qaynash t-rasi 290°, suvga, metil va etil spirtlarga, atsetonga aralashadi, spirt b-n efir yoki xloroform aralashmasida eriydi; yogʻ, benzin, benzol, uglerod sulfidda erimaydi. Organik va anorganik moddalarni, mas, tuz, ishqor, shakarlarni eritib yuboradi; havodan suv yutadi (ogʻirlik jihatidan 40% gacha). Suv bilan aralashtirilsa issiqlik ajralib chiqib, kontraksiya (hajm kamayishi) hodisasi kuzatiladi. Boshqa spirtlar kabi metall glitseratlar hosil qiladi.

Glitseringa mineral kislotalar taʼsir ettirib efirlar olinadi, mas, nitrat va sulfat kislotalar aralashmasi taʼsir ettirilsa, nitroglitserin hosil boʻladi. Glitserin tabiiy yogʻ va karbon kislotalarning triglitseridlari aralashmasidan iborat moylar tarkibida boʻladi.

Sanoatda oziq-ovqat yogʻlarini turli katalizatorlar (kislotalar, ishqorlar, fermentlar) ishtirokida sovunlash yoʻli b-n olinadi. Hozir Glitserinni sintez yoʻli b-n propilendan olish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Glitserin organizmda yogʻlar va fosfatidlarning parchalanishidan hosil boʻlib, yogʻ va uglerod almashinuvida bogʻlovchi vositasini oʻtaydi. Yuqori yogʻ kislotalarining triglitseridlari hayvon va oʻsimlik yogʻlarining asosini tashkil etadi. Glitserin nitroglitserin, gliftal smolalar i. ch. da, matolar, teri va qogʻozni yumshatuvchilar, emulgatorlar, antifrizlar, surkov moylari, poyabzal moylari, sovun va yelimlar, atir-upa va kosmetik preparatlar, tibbiyot mazlari, likyorlar, qandolat mahsulotlari komponenti sifatida qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x