Xansirash👇
nafas ritmi, chuqurligi va ritmining buzilishi, havo yetishmaslik hissi, nafas olish qiyinlashuvi bilan xarakterlanadi.
1.Inspirator xansirash – nafas olish qiyinlashuvi, sabablari — ovoz boylamlari shishi, nafas yo’llari o’smalari.
2.Ekspirator xansirash – nafas chiqarish qiyinlashuvi. Spamz va bronx shishida kuzatiladi.
3.Aralash — nafas olish va chiqarish qiyinlashishi, o’pka va yurak yetishmovchiligida kuzatiladi.
#SABABLARI👇
1.Nafas yo’llari yallig’lanish kasalliklari (bronxial astma, o’pkalarning surunkali obstruktiv kasalliklari).
2.O’pka to’qimasi kasalliklari (pnevmoniya)
3.O’pka biriktiruvchi to’qimasi buzilishlari (fibrozlovchi alveolitlar)
4.Yurak-qon tomir sistemasida o’zgarishlar (yurak yetishmovchiligi)
5.Ko’krak qafasi deformatsiyasiga olib keluvchi travmalar — 6.Semizlik
7.Psixik o’zgarishlar (isteriya, nevroz).
#BELGILARI👇
1.Nafas olish va chiqarishda qiyinchiliklar
2.Ko’krak qafasida siqilish belgisi
3.Ko’krak qafasida og’irlik hissi
4.Havo yetishmasligi
5.Bo’g’ilish
6.Kasallik boshlanishida belgilar jismoniy zo’riqishda paydo bo’ladi (zinadan ko’tarilganda), kasallik rivojlanishida kichik jismoniy aktivlikda ham ko’rinadi.
#DIAGNOSTIKA👇
1.Umumiy qon tahlili
2.Qon gaz tarkibini o’rganish
3.Ko’krak qafasi a’zolarini rentgenologik tekshiruvi
4.Ko’krak qafas kompyuter tomografiyasi
5.Spirografiya
6.Bronxoprovokatsion test
7.Bodipletizmografiya
8.Fibrobronxoskopiya
9.Elektrokardiografiya
10.Exokardiografiya
11.O’pka biopsiyasi.
#DAVOLASH👇
1.Bronxolitiklar
2.Kislorodoterapiya
3.O’pka sun’iy ventilyatsiyasi
4.Operativ davolash (zararlangan o’pka to’qimasi olinadi)
5.Nafas gimnastikasi
#PROFILAKTIKA👇
1.Nafas a’zolari kasalliklarini vaqtida davolash
2.Tana vaznini nazorat qilish
3.Chekishdan saqlanish
4.Bronxlar spazmidan saqlanish (allergenlar bilan kontaktda bo’lmaslik)
5.Nafas yo’llarini mustaxkamlovchi mashqlar bajarish.
@TIBBIYOT_SITY