BALIQ MOYI

BALIQ MOYI — treska, kambala, olabugʻa, sulaymonbaliq, paltus baliqlari jigaridan va dengiz sut emizuvchilarining teri osti yogʻ qatlamidan olinadigan moy. Sargʻish, tiniq suyuqlik boʻlib, baliq hidi va mazasi bor. Tarkibida koʻp miqdorda A va D vitaminlari, shuningdek yod va b. birikmalar boʻladi. Vitaminlashtirilgan Baliq moyi ham ishlab chiqariladi. Raxit, sil, shabkoʻrlikning oldini olish va davolashda, singan suyakning bitishini tezlatish maqsadida ishlatiladi. Bolalarga 2 — 3 oyligidan kuniga 1-marta 1 — 2 tomchidan ichirib, har kuni 1 tomchidan koʻpaytira borib, bir choy qoshiqqa yetkaziladi. Homiladorlarga ham beriladi. Yozda Baliq moyi ichmagan maʼqul. Kuygan, jarohatlangan joylarni, yarachaqalarni davolashda sirtdan ishlatiladi. Chorvachilikda buzoqlarga bir kunda 15 — 20 g, choʻchqalarga 20 — 40 g berish tavsiya etiladi. Tovuqlarga kuniga 5 g dan berilganda tuxum qilishi koʻpayadi. Baliq moyi ogʻzi berk idishlarda qorongʻi va salqin joyda saqlanishi kerak, chunki yorugʻlikda Baliq moyi dagi D vitamini zaharli toksisterolga aylanishi mumkin. Baliq sanoati chiqindilaridan texnik Baliq moyi olinadi va u teri hamda sovun i. ch. da ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x