GARIBALDI

GARIBALDI (Garibaldi) Juzeppe (1807.4.7, Nissa – 1882. 2. 6, Kaprera o.) — Italiya xalq qaxramoni, general, Risorjimento inqilobiy qanotining rahbarlaridan biri. Jan. Amerika respublikalariniig mustaqilligi yoʻlida 10 y. dan ortiq kurashgan. 1848—49 y. lardagi Italiya inqilobi qatnashchisi, Rim Respublikasini mudofaa qilish (1849) tashkilotchisi. 1848, 1859 va 1866-y. larda Garibaldi rahbarligidagi koʻngilli askarlar Avstriyaga qarshi ozodlik urushlarida shuhrat qozongan. Italiyaning jan. ni ozod qilish bilan 1859—60 y. lardagi Italiya inqilobi gʻalabasini taʼmin etgan. «Minglar» harbiy yurishiga boshchilikqilgan (I860). 1862 va 1867-y. larda Rimni papa hokimiyatidan qurolli yoʻl bilan xalos etishga uringan. 1870—71 y. larda Fransiya-Prussiya urushi davrida koʻngilli boʻlib Fransiya tomonida urushgan, Vogez armiyasiga qoʻmondonlik qilib, prus armiyasini bir necha bor jiddiy magʻlubiyatga uchratgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x